Qariyb 1,5 ming fuqaro o‘zining ishli ekanidan xabarsiz bo‘lgan – Mehnat inspeksiyasi
2026-yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga fuqarolardan o‘zining xabarisiz ishga joylashtirilgani haqida 1 495 ta murojaat kelib tushdi.
Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida hozirda faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy ta’sir choralari qo‘llanildi. Shuningdek, 56 ta korxona va tashkilotga yozma ko‘rsatmalar kiritildi.
Tekshiruvlar davomida ayrim murojaatlarda qayd etilgan korxona va tashkilotlar faoliyati tugatilgani ham ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqarolarning mehnat huquqlarini tiklash maqsadida 2020–2025 yillar davomida Yagona milliy mehnat tizimiga (YaMMT) noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar o‘chirilib, mavjud muammolar bartaraf etildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi, o‘z navbatida, fuqarolarni mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarini muntazam tekshirib borishga chaqirdi. Agar shaxs o‘zining xabarisiz ishga rasmiylashtirilganini aniqlasa, vakolatli organlarga qisqa raqam (1176) yoki rasmiy Telegram bot (@munosibmehnat_bot)ga murojaat qilishi mumkinligi aytildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter