Quyosh panellarini o‘rnatgan 68 mingdan ortiq fuqaroga 330 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berildi
2026 yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan 68,6 ming nafar jismoniy shaxs davlat budjeti hisobidan jami 330 mlrd 822,7 mln so‘m subsidiya oldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyidagina fuqarolarga 100 milliard 715,1 million so‘m subsidiya to‘lab berilgan.
Eng ko‘p subsidiya quyidagi hududlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
- Buxoro viloyati — 61,9 mlrd so‘m (iyun oyida — 18,2 mlrd so‘m);
- Xorazm viloyati — 60,5 mlrd so‘m (iyun — 18 mlrd so‘m);
- Qashqadaryo viloyati — 37,3 mlrd so‘m (iyun — 11,4 mlrd so‘m);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 38,9 mlrd so‘m (iyun — 12,2 mlrd so‘m);
- Navoiy viloyati — 25,3 mlrd so‘m (iyun — 7,8 mlrd so‘m);
- Farg‘ona viloyati — 22,1 mlrd so‘m (iyun — 7,3 mlrd so‘m).
Shuningdek, Samarqand viloyatida 17,9 mlrd so‘m, Toshkent shahrida 18 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 15,9 mlrd so‘m, Namanganda 13 mlrd so‘m, Andijonda 6,2 mlrd so‘m, Surxondaryoda 5,5 mlrd so‘m, Jizzaxda 4,8 mlrd so‘m, Sirdaryoda esa 3,6 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan.
Fuqarolar subsidiya mablag‘larini «Soliq» mobil ilovasidagi «Keshbek va imtiyozlar» xizmati orqali bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 apreldan boshlab «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratib kelinmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter