Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyosh panellari uchun 330,8 mlrd so‘m subsidiya ajratildi

Quyosh panellari uchun 330,8 mlrd so‘m subsidiya ajratildi

2026-yil yanvar–iyun oylarida «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida 68,6 ming nafar jismoniy shaxs davlat budjeti hisobidan jami 330,8 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya oldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mablag‘ elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun to‘langan. 2026-yil iyun oyining o‘zida foydalanuvchilarga 100,7 mlrd so‘mlik subsidiya ajratilgan.

Bu davrda «Quyoshli xonadon» dasturi ishtirokchilari soni ham o‘sgan. Yanvar–iyun oylarida dasturdan foydalanganlar 68,6 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich 61,1 ming nafar etib qayd qilingan.

Subsidiyalarning eng katta qismi Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu hududda olti oy davomida 61,9 mlrd so‘m subsidiya to‘langan.

Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati 60,5 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyati 37,3 mlrd so‘m bilan qayd etildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38,9 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 25,3 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyatida 22,1 mlrd so‘m subsidiya ajratildi.

Eng kam mablag‘ Sirdaryo viloyatida 3,6 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 4,8 mlrd so‘m hamda Surxondaryo viloyatida 5,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-apreldan boshlab «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida uyiga quyosh panellari o‘rnatgan jismoniy shaxslarga yagona elektr energetikasi tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘m miqdorida davlat subsidiyasi ajratib kelinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring