Samarqandda «Bag‘rikenglik kemasi» ochildi
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Samarqandda Ilya va Emiliya Kabakovlarning «Bag‘rikenglik kemasi» ochildi. Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekiston bolalarining tinchlik, umid va birdamlik g‘oyalarini mujassam etgan 1000 dan ortiq suratlaridan tashkil topgan yelkan o‘rnatildi.
YuNESKOning XIV Yoshlar forumi doirasida Xalqaro bolalar konserti O‘zbekiston va chet ellik ijrochilarni jamladi.
Orkestrlar, ansambllar va xor jamoalari loyihaning muloqot, ijodkorlik va madaniyatlararo almashinuvni targ‘ib etishdan iborat pirovard maqsadini ta’kidlab, mumtoz va an’anaviy asarlarni taqdim etdilar.
2005 yilda Misrda debyut qilinganidan buyon «Bag‘rikenglik kemasi» dunyoning 20 ga yaqin shahriga sayohat qilib, «tinchlik va birdamlikning tirik yodgorligi» sifatida tan olingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter