Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

San’atkorlarni soliqqa tortish bo‘yicha qaror muhokamasi yakunlandi

San’atkorlarni soliqqa tortish bo‘yicha qaror muhokamasi yakunlandi

Foto: Xabar.uz

Adliya vazirligi ishlab chiqqan «Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni soliqqa tortish va hisobini yuritish tizimini soddalashtirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi yakunlandi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha so‘nggi yillarda eng ko‘p muhokama qilingan hujjatlardan biriga aylanib, qariyb 16 ming marta ko‘rilgan. Muhokama davomida fuqarolar va mutaxassislardan 130 ta taklif va mulohazalar kelib tushgan.

Qaror loyihasi soliq qonunchiligida belgilangan majburiylik va adolatlilik prinsiplarini amalda ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Unda konsert-tomosha sohasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish va hisob-kitoblarni shaffoflashtirish nazarda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda 2 020 nafar xonanda soliq deklaratsiyasi topshirgan va ularga jami 1,1 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblangan. Bu har bir san’atkorga o‘rtacha yillik 544,5 ming so‘m to‘g‘ri kelganini anglatadi. 2025-yilda esa vaziyat yanada keskin: atigi 305 nafar xonanda deklaratsiya topshirib, jami 154 mln so‘m soliq to‘lagan. O‘rtacha hisobda bir nafar ijrochi yiliga 505,6 ming so‘m soliq to‘lagani qayd etilgan.

Qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, jumladan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Raqobat qo‘mitasi hamda Soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring