Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliqdan qochish yoki shunga targ‘ib jinoyat sifatida baholanishi kerak – Alisher Qodirov

Soliqdan qochish yoki shunga targ‘ib jinoyat sifatida baholanishi kerak – Alisher Qodirov

Bugun, 7-aprel kuni Parlament Quyi palatasi deputatlari «Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qildi.

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, «harbiy xizmatchi o‘zi va oilasini ijtimoiy himoyalanganidan shubhalanmasligi kerak»ligini yozmoqda.

Deputat, o‘z navbatida, shu mavzu atrofida fikr yuritib, ushbu Qonunni qabul qilish davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini taqozo qilishiga urg‘u beradi va bu xarajatlar soliqlar hisobidan shakllanishini eslatadi.

«Xotirjam yashashni istagan hamma daromadidan soliq to‘lashi shart!

Harbiylar tushunarli, tug‘ilganimizda yuvib-tarab qo‘ygan doya xoladan boshlab, hammamizni albatta boradigan joyimiz - qabristonlarni ozoda tutishga mas’ul amakigacha soliqlar hisobiga haq oladi va daromadidan soliq to‘laydi.

Soliqdan qochish yoki soliq to‘lamaslikni targ‘ib qilish birovning haqiga xiyonat va davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanishi kerak», – deydi Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring