Tadbirkorning to‘yxonasini egallab olgan shaxslar tergovga tortildi
Beruniy tumanida tadbirkorning to‘yxona binosini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqaro E.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “T.G.” xususiy korxonasi rahbari D.K.ning ishonchiga kirib, ushbu korxonani MChJ sifatida o‘zining nomiga 100 foiz yakka ta’sischi va rahbar sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga erishib, tadbirkor D.K.ning to‘yxona binosini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter