Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy harakat tarkibi olib kelindi
Toshkent metropoliteniga yana uchta zamonaviy to‘rt vagonli harakat tarkibi olib kelindi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, poyezdlar yozning issiq kunlarida samarali sovutish, qish mavsumida esa isitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun yanada qulay va shinam safar sharoitini ta’minlaydi.
Yangi harakat tarkiblarining foydalanishga topshirilishi poyezdlar harakati intervalini yanada qisqartirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish hamda ekspluatatsiya muddati uzoq bo‘lgan eski turdagi harakat tarkiblarini bosqichma-bosqich zamonaviy poyezdlar bilan almashtirish imkonini yaratishi kutilmoqda.
Shuningdek, zamonaviy harakat tarkiblari sonining ortib borishi metropolitenning tashish quvvatini oshirish, harakat jadvalining barqarorligini ta’minlash va ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, joriy yil yakuniga qadar Toshkent metropoliteniga yana 11 ta zamonaviy harakat tarkibini olib kelish rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter