Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bugun bayramona mushakbozlik bo‘lib o‘tadi

Toshkentda bugun bayramona mushakbozlik bo‘lib o‘tadi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun soat 21:00 da Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida bayramona mushakbozlik bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mushakbozlik bog‘ hududida amalga oshiriladi. Bayram tadbiri munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlari yorqin tomoshaga  taklif etilmoqda.

Shuningdek, mushakbozlikni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram-kanali orqali jonli efirda ham tomosha qilish mumkin.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbir urush va mehnat faxriylariga ehtirom, tinchlik va osoyishtalik qadrini ulug‘lashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring