Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga 6 oyda 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan

Toshkentga 6 oyda 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan

Joriy yilning 6 oyida poytaxt 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyohni qabul qildi.

Shahar hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, turizm xizmatlari eksporti 1,3 mlrd AQSh dollariga yetib, sohaning iqtisodiyotdagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatdi.

Sayyohlar oqimining ortishi infratuzilmada ham o‘z aksini topmoqda. Shu davrda 140 ta yangi joylashtirish vositasi ishga tushirildi. Jumladan, 31 ta mehmonxona, 83 ta xostel, 16 ta oilaviy mehmon uyi va 10 ta boshqa turdagi joylashtirish vositasi foydalanishga topshirildi.

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil! » dasturi doirasida esa 1,1 mln nafar Toshkent shahri aholisi respublika bo‘ylab sayohat va ekskursiyalarda ishtirok etgan.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik ham izchil kengaymoqda. Yil boshidan buyon 203 ta yangi turistik korxona tashkil etilib, ularning jami soni 2 673 taga yetdi.

Bu raqamlar Toshkentning nafaqat O‘zbekistonning turizm markazi, balki xalqaro sayyohlar uchun tobora jozibador va zamonaviy megapolisga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring