Toshkent viloyatida gaz ta’minoti xodimining «kirdikorlari» oshkor bo‘ldi
Bo‘stonliq tumanida soxta qoidabuzarliklarni rasmiylashtirib kelgan gazchi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Bo‘stonliqtumangaz» gazchisi Sh.N. o‘ziga biriktirilgan «Ozodbosh» MFYga kirib keluvchi tabiiy gaz hajmining har oylik hisobotlardagi tafovutlarini sun’iy ravishda kamaytirish maqsadida amalda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan fuqarolarning nomiga soxta qoidabuzarlik dalolatnomalarini rasmiylashtirib, elektron dasturiga yuklab kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 593,3 mln so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter