Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon Sirdaryoda 3 nafar IIB xodimi jinoyatga qo‘l urgan

Yil boshidan buyon Sirdaryoda 3 nafar IIB xodimi jinoyatga qo‘l urgan

Ichki ishlar vazirligi tizimini mansab vakolatidan foydalanib, korrupsiya omillariga yo‘l qo‘yayotgan nopok xodimlardan tozalash maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi, ana shunday tadbir Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D.Nazarmuxammedov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bu borada joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, tartib-intizom asosida, sadoqat bilan xizmat qilishi, noqonuniy va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Xizmat faoliyati davomida namunali ish olib borayotgan, korrupsion omillarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatib, pora taklif qilgan shaxslar haqida xabar bergan xodimlarga minnatdorchilik bildirildi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan o‘n oy davomida Sirdaryo viloyatida 7 ta holatda xodimlarga pora taklif qilgan shaxslar aniqlanib, chora ko‘rilgan.

Afsuski, shu bilan bir qatorda xizmat vazifasiga panja ortidan qarab, belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashliklarga yo‘l qo‘yayotgan ayrim xodimlarning borligi sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ta’kidlandi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan o‘n oyida Sirdaryo viloyati IIB tizimida ana shunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 96 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Ikkita holatda 3 nafar xodim jinoyatga qo‘l urganligi muhokama qilindi.

Aniqlangan noqonuniy harakatlar yuzasidan esa keskin choralar ko‘rilib, shaxsiy tarkib o‘rtasida muhokamalar o‘tkazish tizimli tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring