Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun call-markaz ishga tushdi
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik yoki ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar haqida xabar berish uchun 1246 qisqa raqamli call-markaz ishga tushirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolar bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik, beparvolik, shafqatsiz munosabat hamda uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlarga guvoh bo‘lsa, mazkur raqam orqali murojaat qilishi mumkin.
Call-markazga kelib tushgan murojaatlar qabul qilinadi va murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Hozirda call-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter