Ermitajda Buxoro amiri saroyi san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
5-iyun kuni Ermitaj muzeyida «Saroy xonalarini kashf etib: Buxoro amiri saroyidagi san’at» deb nomlangan xalqaro ko‘rgazma boshlanadi. Tadbir 2026 yilgi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Ermitaj muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning bir qator muzeylari va Ermitaj fondidan olingan 67 ta noyob muzey ashyosi namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilarga Buxoro amirligi davridagi amaliy san’at namunalari, zargarlik buyumlari va saroy hayotiga oid nodir eksponatlar taqdim etiladi.
Ko‘rgazma 2026-yil 5-iyundan 4-oktyabrgacha davom etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter