O‘zbekistonda film suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismi qaytariladi
Hukumat qarori bilan «Xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z filmlarini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish («rebate») tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish nazarda tutilgan xarajatlar summasi:
- 3 mlrd so‘mgacha – 10 foiz;
- 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha – 15 foiz;
- 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha – 20 foiz;
- 10 mlrd so‘mdan ortiq – 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Talabgor platforma orqali «rebate» dasturida ishtirok etish uchun belgilangan platforma orqali elektron ariza bilan murojaat qiladi.
Talabgor tomonidan O‘zbekiston hududida tasvirga olish ishlari yakunlangandan so‘ng, amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar 60 kun ichida platformaga kiritilishi zarur.
Komissiya xarajatlarning «rebate» dasturiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani 15 ish kunida shakllantiradi.
«Rebate» dasturi bo‘yicha xarajatlarning bir qismi Komissiyaning ijobiy qaroriga muvofiq 5 ish kuni ichida xorijiy kinokompaniyaning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter