Saida Mirziyoyeva YuNESKOning yangi rahbarini tabrikladi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YuNESKOning yangi bosh direktorini tabrikladi.
"YuNESKO Kotibiyatiga hamkorlik uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, doktor Xolid al-Ananiyni tashkilot Bosh direktori lavozimiga tayinlangani bilan tabriklayman. O‘zbekiston YuNESKOning tinchlik, ta’lim va o‘zaro madaniyatlar almashinuvi yo‘lidagi ishonchli hamkori bo‘lishda davom etmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu tarixiy tadbirni Buyuk Ipak yo‘li markazida o‘tkazish tashabbusini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagani uchun barcha a’zo davlatlarga samimiy minnatdorligimni izhor etaman", deya yozadi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Xolid al-Ananiy aynan Samarqanddagi sessiyada bosh direktor lavozimiga saylangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter