Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchta davlat teatriga moliyaviy va ijodiy mustaqillik berish rejalashtirilmoqda

Uchta davlat teatriga moliyaviy va ijodiy mustaqillik berish rejalashtirilmoqda

Madaniyat vazirligi uchta davlat teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolatini berishni nazarda tutuvchi idoraviy buyruq loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Loyihaga ko‘ra, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri hamda O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatriga kengroq mustaqil vakolatlar beriladi.

Xususan, teatrlar shtatlar va lavozimlarni mustaqil shakllantirishi, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishi, repertuar hamda ijodiy yo‘nalishlarni mustaqil belgilashi, shuningdek, o‘z mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha kengroq huquqlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrdan mazkur teatrlarda Muvofiqlashtiruvchi kengashlar tashkil etilishi, ular moliyaviy va tashkiliy qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishi belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida teatrlar har yili namoyish etiladigan spektakllar soni, tomoshabinlar qamrovi va o‘z daromadlarini kamida 20 foizga oshirib borishi ham taklif etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring