Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakkabog‘da Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etiladi

Yakkabog‘da Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etiladi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Majmua buyuk sarkardaning hayoti va merosini keng targ‘ib qilish, shuningdek, hududning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra majmuaning markazida Amir Temur xaykali o‘rnatiladi. Uning atrofida zamonaviy bog‘, muzey, kutubxona, madrasa, mehmonxona, hunarmandchilik va zargarlik do‘konlari, milliy taomlar maskani, istirohat bog‘lari, favvoralar hamda tarixiy uslubdagi bosh kirish arkasi barpo etiladi.

«Mazkur majmua aholi, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tarixiy-ma’rifiy va turistik maskanga aylanib, milliy merosni targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Yakkabog‘ tumanining turistik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring