Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Eron bilan urush fonida Yevropadagi ittifoqchilariga qurol yetkazib berishni kechiktiradi

AQSh Eron bilan urush fonida Yevropadagi ittifoqchilariga qurol yetkazib berishni kechiktiradi

AQSh Eron bilan urush fonida Yevropa ittifoqchilariga qurol yetkazib berishni sezilarli darajada kechiktirishi mumkin. Bu haqda Financial Times manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Pentagon Britaniya, Polsha, Litva va Estoniya kabi davlatlarni bir necha turdagi raketa tizimlari yetkazib berilishining kechikishidan ogohlantirgan. Bu qaror Ukrainaga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki u mazkur qurollardan faol foydalanmoqda.

Xususan, HIMARS va NASAMS uchun o‘q-dorilar ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, kechikishlar Eron bilan urush boshlanganidan beri kuzatilmoqda. Ayrim hollarda havo hujumidan himoya tizimlari ham o‘q-dorisiz qolgani aytilgan.

Vashington buni qayta taqsimlash va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bilan izohlamoqda. Pentagon barcha sheriklarga qurol yetkazib berishni qayta baholayotganini bildirdi.

Shu bilan birga, Tramp mamlakatda qurol zaxiralari yetarli ekanini ta’kidladi. Ammo tahlilchilarga ko‘ra, Eron bilan urush AQShning harbiy resurslariga jiddiy bosim qilmoqda.

Bu vaziyat nafaqat Yevropa, balki Osiyodagi ittifoqchilar – Yaponiya va Janubiy Koreya uchun ham xavotir uyg‘otmoqda. Chunki qurollar qayta taqsimlanayotgani AQShning global harbiy imkoniyatlari haqida savollarni kuchaytirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring