AQSh Rossiya neftiga nisbatan imtiyozli rejimni bekor qildi
AQSh ma’muriyati Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan vaqtinchalik sanksiya yengilliklarini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur imtiyozlar 2026-yil 12-martgacha yuklangan neft va neft mahsulotlarini qonuniy sotish imkonini bergan edi. Ushbu tartib 11-aprel kuni o‘z kuchini yo‘qotdi.
Mazkur yengilliklar Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida joriy etilgan edi. Xususan, Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harakat cheklanishi natijasida jahon bozorida neft taklifi qisqarib, narxlar 100 dollardan oshgan.
Shu sharoitda AQSh global bozorda neft taklifini saqlab qolish maqsadida Rossiya va Eron neftiga nisbatan sanksiya rejimini vaqtincha yumshatgan edi.
Biroq endilikda Vashington bu siyosatdan voz kechdi. Shu bilan birga, Eron neftiga berilgan qisqa muddatli ruxsatnoma ham 19-aprel kuni yakunlanishi kutilmoqda va uni uzaytirish rejalashtirilmayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter