Ayubxon Sultonov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Raqamli texnologiyalar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Sultonov Ayubxon Orifxon o‘g‘li Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ayubxon Sultonov Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universitetida tahsil olgan.
Shuningdek, u Raqamli texnologiyalar vazirligida boshqarma boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamentida faoliyat olib borgan.
Avval birinchi o‘rinbosar sifatida ishlagan Olimjon Umarov Bosh vazir kotibiyati rahbarining o‘rinbosari bo‘lgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter