Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida, shuningdek, Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yengil yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqiy yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda esa chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 28–33 daraja, janubda 37 darajagacha isiydi.
Toshkent shahrida kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy yo‘nalishda 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 28–30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ham kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22–27 darajani tashkil etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter