Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energetika muammolari instituti direktori vafot etdi

Energetika muammolari instituti direktori vafot etdi

Foto: Fanlar akademiyasi

Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Muratov Hakim Mahmudovich vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hakim Muratov o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyati davomida energetika sohasini rivojlantirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yuksaltirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shgan.

U, shuningdek energetika sohasi taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat, ilmiy izlanishlar olib borgan va shogirdlar tayyorlagan.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring