Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar mualliflarini moliyaviy rag‘batlantirish taklif etilmoqda

Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar mualliflarini moliyaviy rag‘batlantirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda kutubxonalar faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish va kitob savdosi tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Loyiha muhokamasi 9 sentyabrga qadar davom etadi.

Loyiha doirasida kutubxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular faoliyatini takomillashtirish hamda madaniyat markazlariga kitob savdosi bilan shug‘ullanish vakolatini berish nazarda tutilmoqda. Kitob savdosini samarali yo‘lga qo‘ygan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, yangi adabiyotlarni hududlarda mualliflar ishtirokida targ‘ib qilish va eng ko‘p o‘qilgan kitoblar mualliflarini qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlantirish taklif etilmoqda.

Mualliflik haqi va boshqa to‘lovlarning eng kam hamda eng yuqori stavkalarini qayta ko‘rib chiqish, jumladan, nazm, nasr va libretto kabi asarlarga berilgan buyurtmalar uchun mualliflik haqi stavkalarini oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Hujjat hozircha loyiha bo‘lib, belgilangan tartibda muhokamadan o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring