Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron AQShning Bahrayn va Quvaytdagi harbiy obyektlariga zarba berdi

Eron AQShning Bahrayn va Quvaytdagi harbiy obyektlariga zarba berdi

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) AQShning Bahrayn va Quvaytdagi harbiy obyektlariga keng ko‘lamli raketa va dron hujumlarini amalga oshirganini ma’lum qildi. 

IIMK bayonotiga ko‘ra, javob operatsiyasi doirasida Bahrayndagi Port Salmon hududi, AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti joylashgan baza hamda Quvaytdagi Ali as-Salem aviabazasi nishonga olingan. Eron tomoni zarbalar jami 85 ta muhim harbiy obyektga berilganini da’vo qildi.

Hujumlar AQSh armiyasi Eron hududida 80 dan ortiq harbiy nishonga zarba berganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. Vashington bu operatsiyani Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga qilingan hujumlarga javob sifatida izohlagan.

Quvayt rasmiylari mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari raketa va dronlar hujumini qaytarishga jalb etilganini ma’lum qildi. Bahraynda ham havo hujumi xavfi haqida ogohlantiruv sirenalari yangradi.

Hozircha AQSh rasmiylari Eronning 85 ta obyekt yo‘q qilingani haqidagi da’vosini tasdiqlagani yo‘q. Shuningdek, hujumlar oqibatidagi qurbonlar yoki yetkazilgan zarar bo‘yicha mustaqil tasdiqlangan ma’lumotlar ham e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring