Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron: Dohaga delegatsiya boradi, ammo AQSh bilan uchrashuv bo‘lmaydi

Eron: Dohaga delegatsiya boradi, ammo AQSh bilan uchrashuv bo‘lmaydi

Eron Tashqi ishlar vazirligi joriy haftada mamlakat delegatsiyasi Qatar poytaxti Dohaga tashrif buyurishini, biroq AQSh bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, ekspertlar delegatsiyasi shu oy boshida AQSh bilan imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun Dohaga yo‘l oladi. Biroq bu tashrif Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanganini anglatmaydi.

«Biz hali yakuniy kelishuvni muhokama qilish bosqichiga o‘tganimiz yo‘q. Yaqin kunlarda Amerika tomoni bilan hech qaysi darajada muzokaralar bo‘lib o‘tmaydi», – dedi Eron TIV vakili.

Avvalroq bir qator amerikalik OAV, jumladan Axios va CNN, ikki davlat o‘rtasidagi texnik muzokaralar seshanba kuni Dohada qayta boshlanishi haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Eron TIV rahbarining o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy bu ma’lumotlarni rad etdi.

Shunga qaramay, AQSh prezidenti Donald Tramp Eron uchrashuv o‘tkazishni so‘raganini va muzokaralar Dohada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt esa AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda katta maslahatchi Jared Kushner shu hafta Qatarga yuqori darajadagi muzokaralar uchun tashrif buyurishini bildirdi.

Qayd etilishicha, 17 iyun kuni imzolangan ramkaviy kelishuv tomonlarga Eron yadroviy dasturi, sanksiyalarni bekor qilish va Hurmuz bo‘g‘ozining kelgusi maqomi bo‘yicha yakuniy bitim ishlab chiqish uchun 60 kun muddat bergan

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring