Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron oliy rahbari AQSh bilan muzokaralarga ruxsat berdi — Axios

Eron oliy rahbari AQSh bilan muzokaralarga ruxsat berdi — Axios

Eron oliy rahbari tomonidan AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat berilgani haqida Axios nashri xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, Eron delegatsiyasi muzokaralarda qatnashish uchun «yashil chiroq»ni kutib turgan va u 20-aprel kuni kechqurun berilgan. Shu orqali Tehron tomoni rasman muzokara jarayoniga tayyor ekanini bildirgan.

Xabarda aytilishicha, bu vaqtgacha Vashington ham Erondan aniq signal kutib turgan. Shuningdek, Pokiston, Misr va Turkiya kabi vositachi davlatlar ham Eronni muzokaralarda ishtirok etishga chaqirgan.

Biroq Eron ichidagi ayrim kuchlar, jumladan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi, muzokaralarga shoshilmaslik va qat’iy pozitsiyani saqlash tarafdori bo‘lgan. Ular AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasi bekor qilinmas ekan, muzokara o‘tkazmaslikni talab qilgani aytilmoqda.

Axios ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarning navbatdagi bosqichi Islomobodda o‘tkazilishi mumkin. Unda AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident Jey Di Vens boshchilik qilishi kutilmoqda.

Hozircha rasmiy Tehron ushbu ma’lumotlar yuzasidan ochiq izoh bergani yo‘q. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring