Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron TIV rahbari Islomobodga keladi – muzokaralar qayta tiklanishi mumkin

Eron TIV rahbari Islomobodga keladi – muzokaralar qayta tiklanishi mumkin

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi juma kuni kechqurun kichik delegatsiya bilan Islomobodga yetib boradi. Shu orqali AQSh bilan muzokaralar qayta boshlanishi ehtimoli bor.

Manbalarga ko‘ra, AQShning logistika va xavfsizlik guruhi allaqachon Pokiston poytaxtida.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi raund muzokaralari shu hafta Islomobodda o‘tishi kerak edi, hatto AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning kelishi ham kutilgan.

Avvalroq Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokada sabab muzokaralardan bosh tortgan edi. Donald Tramp esa sulhni muddatsiz uzaytirib, Tehronni yana muzokaralar stoliga qaytishga chaqirmoqda.

Aroqchining ma’lum qilishicha, u Pokiston tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar va armiya qo‘mondoni feldmarshal Asim Munir bilan uchrashib, mintaqadagi vaziyat hamda o‘t ochishni to‘xtatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring