Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti oyda «yashil» energiya ishlab chiqarish 7 mlrd kVt⋅soatga yetdi: bu qancha gazni tejashga yordam berdi?

Yetti oyda «yashil» energiya ishlab chiqarish 7 mlrd kVt⋅soatga yetdi: bu qancha gazni tejashga yordam berdi?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 7 mlrd kVt⋅soat «yashil» energiya ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 5 602 megavatt bo‘lgan 21 ta «yashil» elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 15 tasi quvvati 3 930 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari, 6 tasi esa quvvati 1 672 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalaridir.

«Yashil» energiya ishlab chiqarish hajmi yillar kesimida quyidagicha bo‘ldi:

  • 2022 yil — 434 mln kVt⋅soat;
  • 2023 yil — 576,9 mln kVt⋅soat;
  • 2024 yil — 4,9 mlrd kVt⋅soat;
  • 2025 yil — 10,5 mlrd kVt⋅soat;
  • 2026 yilning yanvar–iyul oylarida — 7 mlrd kVt⋅soat.

Natijada, so‘nggi to‘rt yil va 2026 yilning bugungi kuniga qadar jami 23,4 mlrd kVt⋅soatdan ortiq «yashil» energiya ishlab chiqarildi.

Bu esa qariyb 6,24 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga hamda atmosferaga taxminan 13,46 mln tonna zararli gaz chiqarilishining oldi olinishiga xizmat qildi.

Energetika vazirligi ta’kidlashicha, mazkur ko‘rsatkichlar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirayotganini, balki tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishga ham salmoqli hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring