Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Foto: AFP

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi – 21-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda.

Politico nashrining yozishicha, yangi cheklovlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • Rossiyaning «soya floti»ga tegishli tankerlar;
  • Rossiya banklari va moliyaviy muassasalari;
  • harbiy-sanoat kompaniyalari;
  • Ukrainandan olib chiqilgan g‘alla savdosida ishtirok etuvchi firmalar.

Manbalarga ko‘ra, yangi paket iyun oxiri yoki iyul boshida taqdim etilishi kutilyapti.

Nashr yangi sanksiyalar doirasida Rus pravoslav cherkovining yuqori martabali vakillari, jumladan patriarx Kirillga nisbatan ham cheklovlar joriy etilishi mumkinligini yozdi.

Yevrokomissiya, shuningdek, Rossiya kemalariga dengiz xizmatlari ko‘rsatishni taqiqlash g‘oyasini ham qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Avvalroq bu tashabbusga Gretsiya va Malta qarshi chiqqan edi.

Politico suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, Bryusselda hozir sanksiyalarni kuchaytirish uchun eng qulay vaqt deb hisoblanmoqda.

YeI rasmiylari fikricha, Rossiya neftini tashuvchi «soya flot»iga qarshi bosimni kuchaytirish Kremlning asosiy daromad manbalaridan biriga zarba beradi va Vladimir Putinga nisbatan bosimni oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni YeI Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qilgan edi. U ikki oydan ortiq vaqt davomida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hukumati tomonidan bloklab kelingan.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning aytishicha, Vengriyadagi parlament saylovlaridan keyin YeIda yangi sanksiyalar bo‘yicha «yangi impuls» paydo bo‘lgan.

Kallas, shuningdek, Ukraina bosib olingan hududlaridan bolalar deportatsiyasiga aloqador shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilinishi mumkinligini ham ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring