Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farzandlarini boqishdan qochgan ota uyidan judo bo‘ldi

Farzandlarini boqishdan qochgan ota uyidan judo bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda jonli hayot dramasi: bir ota farzandlarini moddiy ta’minlash o‘rniga, yillar davomida aliment to‘lashdan qochib yurdi. Sud qarorlarini inkor qilib, hatto, 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa ham tushdi. Ammo, bu ham unga saboq bo‘lmadi. Qarz vaqt o‘tishi bilan to‘planaverdi. Davlat ijrochisi tomonidan qarz hisoblab chiqildi — 107 million so‘mdan ortiq.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari boshlandi»,-deydi «Xabar.uz»ga bu haqda ma’lum qilgan Buxoro viloyati Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimov.

Ta’kidlanishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi qaroriga asosan, qarzdor ota M.K.dan uning voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik aliment undirilishi belgilangan. Ammo, ota uzoq vaqt davomida sud hujjatlariga ko‘z yumib, farzandlariga zarur mablag‘ni taqdim etishdan qochib kelgan.

Davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor unga da’vatnoma yo‘llangan va ogohlantirilgan, ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasiga asosan, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib ham ota o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan. Qarzdorlik miqdori rasman ko‘rib chiqilgan va 107 million 380 ming so‘m hisoblangan.

Shundan so‘ng, Vobkent tumanida otaning xatti-harakatlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 1-qismiga ko‘ra, aliment to‘lamaslik jinoiy javobgarlikka olib kelishi qat’iy tushuntirilgan. Surishtiruv jarayoni boshlanishi bilan M.K. o‘zining endi jiddiyroq jazoga duchor bo‘lishi mumkinligini anglab yetgan va aliment qarzi o‘rniga, u Qorovulbozordagi o‘z uyini farzandlari nomiga rasman o‘tkazib berishga majbur bo‘lgan.

«Bu hayotda farzand oldidagi mas’uliyatni unutib bo‘lmasligini eslatadigan jiddiy dars. Ota farzand oldidagi o‘z burchini rad etishga haqi yo‘q»,-dedi Ixtiyor Olimov.

Avvalroq, qarzdor otadan besh yillik to‘lov undirib olingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring