Filippinda tropik yomg‘irlar 19 kishining umriga zomin bo‘ldi
Filippinda kuzatilgan tropik siklonlar va shiddatli yomg‘irlar oqibatida 19 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.
Filippin axborot agentligi (PNA) xabariga ko‘ra, Fuqaro mudofaasi boshqarmasi rasmiysi Lourens Mina mamlakatda kuzatilayotgan Luis va Maymay tropik siklonlari, shuningdek, musson yomg‘irlari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi.
Uning ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘irlar oqibatida chaqmoq urishi, ko‘chki va boshqa hodisalar natijasida 19 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan, yana 8 kishi bedarak yo‘qolgan.
Mamlakatda yuz minglab oilalar, taxminan 2,2 million kishi kuchli noqulay ob-havo sharoitlaridan zarar ko‘rgan. Mina, shuningdek, hozirda 58 ming 650 kishi evakuatsiya markazlarida qolayotganini ma’lum qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter