Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchiga qo‘pollik qilgan IIBB xodimlariga tekshiruv tayinlandi

Haydovchiga qo‘pollik qilgan IIBB xodimlariga tekshiruv tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Ijtimoiy tarmoqda Ichki ishlar organlari xodimlari haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat videosi tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Joriy yilning 2-avgust kuni, soat 21:30larda, Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida tungi xizmatni o‘tayotgan IIO xodimlari va «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi, fuqaro A.Sh. o‘rtasida nizoli holat yuzaga kelgan.

Jarayonda, fuqaroga tegishli transport vositasining kuzov hamda oynalariga, harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi yozuvlar (reklama tasvirlari) tushirilgani sababli ma’muriy bayonnoma tuzilgan. 

Fuqaro bilan muloqot vaqtida, ayrim xodimlar tomonidan qo‘pollikka yo‘l qo‘yilgan. Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat’iy nazoratga olinib, belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, har qanday holatda IIO xodimlarini, fuqarolar bilan muomala qilishda, qonuniylik prinsiplariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring