Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki karra «Oltin to‘p» sohibiga saraton tashxisi qo‘yildi

Ikki karra «Oltin to‘p» sohibiga saraton tashxisi qo‘yildi

Angliyalik sobiq futbolchi, 74 yoshli Kevin Kigan saraton tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Nyukasl Yunayted» klubi rasmiy saytida xabar berildi.

«Kevin Kigan qorin bo‘shlig‘ida davom etayotgan bezovtaliklar sababli yaqinda shifoxonaga yotqizildi. Tekshirish natijasida shifokorlar saraton kasalligini aniqladilar. Kevin davolanadi. U tezkor aralashuv va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun tibbiyot jamoasidan minnatdor. Ushbu og‘ir damlarda oila sir saqlanishini so‘raydi va boshqa izoh bermaydi», — deyiladi klub xabarida.

Kigan Germaniyaning «Gamburg» klubida to‘p surgan yillari qatorasiga ikki marta (1978, 1979) «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. U bu mukofotga ikki marta sazovor bo‘lgan yagona ingliz futbolchisi hisoblanadi.

Shuningdek, Kevin Kigan «Nyukasl», «Liverpul», «Skantorp Yunayted», «Sautgempton» hamda «Blektaun Siti» (Avstraliya) klublari sharafini ham himoya qilgan.

«Liverpul»da eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan: uch marta Angliya chempioni bo‘lgan, ikki marta Angliya Superkubogi va UEFA kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, mamlakat kubogi va Yevropa chempionlar kubogi sohibiga aylangan. «Gamburg» tarkibida Germaniya chempionati va kubogida g‘alaba qozongan.

Kevin Kigan murabbiy sifatida «Nyukasl», «Fulhem», «Manchester Yunayted» klublari hamda Angliya terma jamoasini boshqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring