Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurash yetakchisi deya e’tirof etdi

JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurash yetakchisi deya e’tirof etdi

Foto: Zamin fondi

JSST rahbari Tedros Gebreyesus O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurash yetakchisi deya e’tirof etdi.

Toshkent shahridagi Respublika bolalar onkologiyasi markaziga birgalikdagi tashrifi chog‘ida u Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondining faoliyatini yuqori baholadi.



Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, aynan Birinchi xonim rahbarligida Fond bolalar onkologiyasi sohasidagi tibbiy xizmatlarni keng ko‘lamda yaxshilash hamda butun mamlakat bo‘ylab «Mehrli maktab» gospital-maktablarining noyob tarmog‘ini yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.



Birinchi xonimning tashabbuslari tufayli shifokor va pedagoglarning sa’y-harakatlari bir maqsad yo‘lida birlashtirildi. Endilikda onkologik xastalikka chalingan bolalar kompleks yondashuv asosida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda: ular nafaqat zamonaviy muolajalarni, balki sog‘ayib ketishi va to‘laqonli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan uzluksiz ta’lim va ijtimoiy ko‘makni ham olmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring