KOICA O‘zbekistonga 14 mln dollarlik grant ajratdi
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish uchun 14 million dollarlik yirik loyihani boshlaydi.
Loyiha doirasida yoshlar sun’iy intellekt, dasturlash, «prompt» muhandisligi, IoT va onlayn marketing kabi zamonaviy yo‘nalishlarda tizimli o‘qitiladi.
Shuningdek, yuzlab mutaxassis va o‘qituvchilar malaka oshiradi, koreyalik ekspertlar ishtirokida startap dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
2026–2032 yillarda Nukus va Qarshida IT-xablar tashkil etilib, yana 7 ta tumanda zamonaviy IT markazlar ochiladi.
Loyiha yoshlar bandligi, startaplar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter