Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livanda vaziyat keskin: muzokaralar arafasida zarbalar davom etmoqda

Livanda vaziyat keskin: muzokaralar arafasida zarbalar davom etmoqda

AQSh va Eron o‘rtasida Pokistonda muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda, Isroil Livanga zarbalarni davom ettirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kundagi hujumlar natijasida 300 dan ortiq odam halok bo‘lgan, kamida 1150 kishi yaralangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Isroilni Beyrut atrofidagi ikki muhim shifoxonaga nisbatan evakuatsiya buyrug‘ini bekor qilishga chaqirdi. Qayd etilishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi ko‘plab jabrlanganlarga yordam berishda qiynalmoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa agar AQSh Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning harakatlariga to‘sqinlik qilmasa, bu Vashingtonning tanlovi bo‘lishini aytdi. Uning fikricha, bu «ahmoqona qaror» bo‘ladi, ammo Eron bunday ssenariyga ham tayyor.

Shu bilan birga, Netanyahu Livan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash bo‘yicha topshiriq berilganini ma’lum qildi. Biroq Isroil rasmiylari urushni to‘xtatish rejasi yo‘qligini ham ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring