Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Miraki» sayyohlik markazidagi zamonaviy dor yo‘li savdoga qo‘yildi

«Miraki» sayyohlik markazidagi zamonaviy dor yo‘li savdoga qo‘yildi

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi «Xisorak» suv ombori yonidagi «Miraki» sayyohlik markazida uzunligi 2 084 metr bo‘lgan zamonaviy «Miraki» dor yo‘li savdoga qo‘yilmoqda.

Dor yo‘li uchun uskunalar dunyoga mashhur «Doppelmayr Seilbahnen GmbH» (Avstriya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Yo‘lovchilarni tashish 8 o‘rinli 20 ta Carvatech kabinalari orqali amalga oshiriladi. O‘tkazish imkoniyati soatiga 660 tagacha yo‘lovchini tashkil etadi (bir tomonga).

Dor yo‘li 7 ta tayanchda joylashgan. Pastki stansiya dengiz sathidan 997 metr balandlikda, yuqori stansiya dengiz sathidan 1 349 metr balandlikda joylashgan. Balandliklar farqi 352 metrni tashkil etadi

Pastki stansiyada dor yo‘li harakat mexanizmi, lift, esdalik sovg‘alar do‘koni, kafe, tez tibbiy yordam punkti, ona va bola xonasi, bankomat, avtoturargoh, elektr transport vositalarini quvvatlantirish shoxobchasi mavjud.

Yuqori stansiyada kafe, bolalar maydonchasi, tomosha va selfi zonalari mavjud.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 1,9 gektar.

Ob’yektni sotish shartlari:

Boshlang‘ich bahosi: 158 200 000 000,0 (Bir yuz ellik sakkiz milliard ikki yuz million) so‘m.

To‘lov shartlari: 30% dastlabki to‘lov, qolgan 70% xarid shartnomasi imzolangandan kundan boshlab 3 oy ichida to‘lanadi. Zarur hollarda investor «O‘zmilliybank»dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit olishi mumkin.

E-auksion elektron savdo maydonchasida onlayn savdolarni o‘tkazish sanasi: 2025 yil 30 oktyabr (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18546914).

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun «NBU Invest Group» AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).

Telefon: +998 78 148-26-58.

E-mail: info@nbuig.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring