O‘FA Ro‘ziqul Berdiyevning gaplari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazadi
O‘FA "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning OKMK hamda "Nasaf" jamoalari o‘yinidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidagi ishtiroki yuzasidan surishtiruv o‘tkazadi.
2025-yil 26-oktyabr kuni Ro‘ziqul Berdiyevning bildirgan fikrlari futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan o‘rganish va surishtiruvlarni o‘tkazishi hamda unga huquqiy baho berishini aytgan.
Berdiyev "Neftchi"ning chempion bo‘lishi xususida keskin gapirgandi.
"Neftchi"ni ko‘p gapirishmoqda, lekin biz ham qarab turmaymiz. Biz anchadan buyon mag‘lub bo‘lmadik va chempionlikka loyiqmiz. "Neftchi"ning qanchalik harakat qilayotganini sizlar OAV vakillari ham bilib turibsizlar. "Neftchi" ushbu vazifani amalga oshirsa, ortdagi insonlar qahramon bo‘ladi, shekilli. Menimcha, gapimni tushundingiz. Agar "Neftchi" chempion bo‘lsa, qahramonlarni maydondan izlash kerak emas. Ular maydon ortida bo‘ladi. Bu mening fikrim", degandi qarshiliklar bosh murabbiyi.
Bosh murabbiy "maydon ortidagi qahramonlar" deganda kimni nazarda tutganini izohlamagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter