Oq uy Eron bilan urushga sarflangan mablag‘ni ma’lum qildi
Oq uyning ma’muriy-budjet boshqarmasi rahbari Rassel Voutning ma’lum qilishicha, Eronga qarshi harbiy harakatlarga taxminan 30 milliard dollar sarflangan.
Avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Kongressdan Eron bilan urush uchun qo‘shimcha 87,6 milliard dollar mablag‘ ajratishni so‘ragan edi.
Ayni paytda Iran War Cost Tracker portali AQShning urush xarajatlari 100 milliard dollardan oshganini qayd etmoqda. Portalga ko‘ra, hisob-kitoblar Pentagon hisobotlari asosida xomcho‘t qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter