Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududlarida 1 kg palov tayyorlash qanchaga tushadi?

O‘zbekiston hududlarida 1 kg palov tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida bir kilogramm palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar qiymati hududlar kesimida hisoblab chiqildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori qiymat Toshkent shahrida — 128 730 so‘mni tashkil etgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 125 283 so‘m, Toshkent viloyati — 122 346 so‘m va Samarqand viloyati — 122 320 so‘m qayd etilgan.

Eng past hisobiy qiymat esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 107 396 so‘m bo‘lgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 113 707 so‘m, Andijon viloyatida 116 554 so‘m, Xorazm viloyatida esa 117 907 so‘mni tashkil etgan.

Hisob-kitoblarda Buxoro viloyatida bir kilogramm palovning qiymati 118 694 so‘m, Jizzax viloyatida 118 191 so‘m, Namanganda 118 315 so‘m va Navoiy viloyatida 119 331 so‘m etib belgilangan.

Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 120 065 so‘m, Surxondaryo viloyatida 120 303 so‘mni tashkil etgan.

Bir kilogramm palovning hisobiy qiymati 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm lazer guruchi, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm osh tuzi narxlari asosida hisoblangan.

Milliy statistika qo‘mitasi keltirilgan raqamlar hududlarda tayyor palovning sotuv narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlar qiymati asosida shakllangan hisobiy ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring