Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston JARda ilk elchisini tayinladi

O‘zbekiston JARda ilk elchisini tayinladi

JARda O‘zbekistonning tarixdagi birinchi elchisi faoliyat boshladi. Ashraf Xo‘jayev prezident Siril Ramafosaga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) O‘zbekistonning tarixdagi birinchi elchisi faoliyatini boshladi. Ushbu lavozimga Ashraf Xo‘jayev tayinlandi. Bu haqda JAR prezidenti X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Prezident Janobi Oliylari Siril Ramafosa Pretoriyadagi Sefako Makgatho Prezident mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan ishonch yorliqlarini topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi missiyasi rahbari, doktor Ashraf Xodjayevdan ishonch yorlig‘ini qabul qildi”, — deb yozgan Ramafosa.

Shu bilan ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarda yangi bosqich boshlandi.

Bundan avval Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring