Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mundial qur’asida qaysi savatchadan o‘rin olgani aniq bo‘ldi

O‘zbekiston mundial qur’asida qaysi savatchadan o‘rin olgani aniq bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada qaysi savatchadan o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi. 

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a savatchalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchadan o‘rin oldi. 

Ushbu savatchadan Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Qatar, JAR, Saudiya Arabistoni kabi jamoalar o‘rin olgan. 

Eslatib o‘tamiz, mundialga qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan The Kennedy Center majmuasida o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring