O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belgiyaga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi.
Belgiya poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
24 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar hamda Belgiyaliklar Qiroli Filipp bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarining vakillari bilan davra suhbati o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter