Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 mlnga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 mlnga yaqinlashdi

Foto: Xabar.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 982 516 dona avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

- yengil avtomobillar – 4 618 719 dona;

- yuk avtomobillari – 343 375 dona;

- mikroavtobuslar – 7 508 dona;

- maxsus transport vositalari – 7 128 dona;

- avtobuslar – 5 786 dona.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtomobillar Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Xususan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 220 882 dona
  • Andijon viloyati — 381 421 dona
  • Buxoro viloyati — 309 391 dona
  • Jizzax viloyati — 145 392 dona
  • Qashqadaryo viloyati — 457 457 dona
  • Navoiy viloyati — 156 745 dona
  • Namangan viloyati — 336 810 dona
  • Samarqand viloyati — 563 072 dona
  • Surxondaryo viloyati — 325 980 dona
  • Sirdaryo viloyati — 110 122 dona
  • Toshkent viloyati — 476 148 dona
  • Farg‘ona viloyati — 573 472 dona
  • Xorazm viloyati — 287 918 dona
  • Toshkent shahri — 637 706 dona
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring