O‘zbekistonga 3 oyda 3 millionga yaqin sayyoh keldi
2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 164 davlatdan 2 million 872 ming 502 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatga kelgan sayyohlar orasida erkaklar ulushi yuqori bo‘lgan. Jumladan, ushbu davrda 1 million 652 ming 951 nafar erkak va 1 million 219 ming 551 nafar ayol turist O‘zbekistonga kirib kelgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning asosiy qismi 31–55 yosh oralig‘iga to‘g‘ri kelgan. Ushbu toifada 1 million 527 ming 429 nafar xorijiy fuqaro qayd etilgan.
19–30 yosh toifasidagi turistlar soni 499 ming 982 nafarni tashkil etgan. 56 yosh va undan katta sayyohlar soni esa 543 ming 859 nafarga yetgan.
Shuningdek, 0–18 yosh toifasidagi turistlar soni 301 ming 232 nafar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich oilaviy sayohatlar va qo‘shni davlatlardan keluvchi mehmonlar oqimi bilan bog‘liq ekani qayd etilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter