Pokistonda 14 nafar chaqaloq shifoxonadagi yong‘inda halok bo‘ldi
Pokiston poytaxti Islomobodda 14 nafar chaqaloq shifoxonada yuz bergan yong‘inda halok bo‘ldi.
Yong‘in Pokiston tibbiyot fanlari instituti shifoxonasining onalar va bolalar bo‘limida sodir bo‘lgan. OAV xabariga ko‘ra, olov binoning uchinchi qavatida, konditsioner tizimidagi qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqan.
Tutun butun qavat bo‘ylab tez tarqalgan. Xabar qilinishicha, yong‘in paytida bo‘limda 15 chaqaloq bo‘lgan va ulardan faqat bir nafarini qutqarib olingan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif halok bo‘lganlar chaqaloqlarning oilalariga ta’ziya bildirib, fojia sabablari jiddiy tekshirilishini va’da qildi. Aybdorlar javobgarlikka tortilishi shart, dedi u.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter