Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Buyuk Britaniyaning ikki marhum fuqarosini mukofotladi

Prezident Buyuk Britaniyaning ikki marhum fuqarosini mukofotladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlarni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Ular Ikkinchi jahon urushi davrida, g‘oyat tahlikali vaziyatda, o‘z hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovga o‘z uylaridan joy berib, uning jonini asrab qolgan hamda ulkan jasorat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etgan. 

Dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini targ‘ib etishda alohida o‘rnak ko‘rsatganlari uchun Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring