Putin o‘quvchi Qobiljonning o‘limi sabab Emomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva yaqinidagi maktabda o‘quvchi Qobiljonning o‘ldirilishi munosabati bilan Tojikiston prezidentiga hamdardlik bildirdi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Emomali Rahmonga Moskva yaqinidagi Gorki-2 qishlog‘idagi maktabga qilingan hujum paytida tojikistonlik to‘rtinchi sinf o‘quvchisining o‘limi uchun javobgar bo‘lganlar jazolanishiga va’da bergan.
«Bolalarga qarshi terroristik hujumlarni sodir etish o‘ta og‘ir jinoyatdir va aybdorlar, albatta, to‘liq jazolanadi», deb ishontirdi Putin.
Tojikiston fuqarosi to‘qqiz yoshli Qobiljon Aliyev 16 dekabr kuni vafot etdi. Unga maktabda hozirda hibsda bo‘lgan 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi Timofey pichoq bilan hujum qildi.
Hujumchi o‘z harakatlarini videoga oldi va shaxsiy Telegram kanaliga joylashtirdi. Ushbu videolarda videoga oluvchi qo‘lida pichoq bilan bir guruh bolalarga yaqinlashib, ulardan millatini so‘ragan. Shu munosabat bilan Rossiya elchisi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va u yerda unga aybdorlarni tergov qilish va jazolashni talab qiluvchi nota topshirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter