Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda salkam 2,5 mlrd so‘mlik dorilar litsenziyasiz sotilgani aniqlandi

Qashqadaryoda salkam 2,5 mlrd so‘mlik dorilar litsenziyasiz sotilgani aniqlandi

Illyustrativ rasm

Foto: Kknews

Dori vositalarini litsenziyasiz sotgan shaxslar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda "H.B." xususiy korxonasi rahbari M.U. dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun berilgan litsenziyasi sud qarori bilan bekor qilingan bo‘lsa-da, 2,4 mlrd so‘mlik dori vositalarini realizatsiya qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring